Joriy yilning 23-iyul kuni “Yoshlar kuni” doirasida Xovos tumani axborot-kutubxona markazi direktori Xaydarov Bekzod Alisherovich rahbarligida “Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumanda samarali faoliyat yuritayotgan ilg‘or “Nodir gulzorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Robiyev Faxriddin Mirbaratovich ishtirok etdi.
Qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tgan davra suhbatida g‘o‘za maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr va takliflar almashildi. Suhbat davomida ishtirokchilar tomonidan zamonaviy yondashuvlar asosida muammolarni hal etish bo‘yicha “aqliy hujum” usulida (mozgovoy shturm) muhokamalar olib borildi.
