📚🤖 6-avgust — “Yoshlar kuni” doirasida “Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni” tadbiri o’tkazildi.
Xovos tumani hokimining raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha maslahatchisi Suxrobov Atxamjon Inom o’g’li hamda Xovos tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Bekzod Xaydrov ishtirokida Axborot-kutubxona markazi xodimlari va yoshlar bilan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga sun’iy intellekt, innovatsion texnologiyalar va robototexnika sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, raqamli texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va tasavvurlarini yanada boyitdilar.