📖 Xovos tumani Axborot-kutubxona markazi hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida “Ona tilim — faxrim, iftixorim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimiz va milliy o‘zligimizni anglashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat, hurmat va ehtirom tuyg‘ularini she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar orqali namoyon etdilar.
🌿 Ona tili — millat ko‘zgusi, xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi va faxr-iftixorimizdir! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
