O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida 2026 yil 21-avgust kuni Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Doʻstlik” mahallasida istiqomat qiluvchi kitobxonlarga kitoblar taqdim etildi.