📚 «“Kitobsevar millat” — ma’rifat sari yana bir qadam!
🔹2026 yil 16 aprel kuni Xovos tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobxonlar dueli” nomi ostida yosh kitobxonlar bellashuvini o‘tkazildi.
“Kitobxonlar dueli” bellashuvini o‘tkazishdan maqsad yoshlarda kitob o‘qishga qiziqishni oshirish adabiy bilimlarni mustahkamlash, tez fikrlash va xotirani rivojlantirishga qaratilgandir.
Bellashuvda Yusufaliyeva Sevinch g ‘olib deb topildi. Bellashuvda g‘olib bo’lgan kitobxonga estalik sovg‘alari berildi.
