✅ “Bir mahalla – bir kitob”
🔹Barchamizga ma’lumki, viloyat hokimi tashabbusi bilan aholi va yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish maqsadida mahallalarda kitobxonlik aksiyalari o‘tkazilishi belgilab berildi.
🔹2025-yil 28-noyabr kuni Xovos tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan “Yetti guzar” mahallasida “Bir mahalla – bir kitob” aksiya shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Kitob yarmarkasida “Yetti guzar” mahallasining faol kitobxonlari qatnashdilar. Kitob aksiyasidan foto lavhalar.
