2026-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillikni asraymiz, tabiatni muhofaza qilamiz, kelajakni birga bunyod etamiz” shiori ostida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Xovos tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, yoshlarni Vatanga sadoqat, tabiatga e’tibor va kelajak bunyodkorligiga chorlovchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.


